Qashqadaryo-Toshkent yo`nalishidagi taksilarda yo`lkira narxi 120 ming so`mgacha ko`tarilgani ma`lum qilindi

11:20, 26 noyabr

O`zbekistonda ob-havoning keskin sovushi va qalin qor yog`ishi avtotransport vositalarining harakatlanishini chekladi. Shu munosabat bilan Toshkentdan Qashqadaryoga qatnaydigan engil avtomobillarda yo`l kira narxi 120 ming so`mgacha ko`tarilib ketdi. Bu haqda Facebook`dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Nodir Murodov ismli internet foydalanuvchisi xabar berdi.

Izohlarda internet foydalanuvchilari nafaqat viloyatlarga qatnaydigan taksilar, balki Toshkent shahri ichida harakatlanayotgan taksilar ham yo`lkira haqini ko`tarib yuborganini ma`lum qilgan. Kimdir bu holatni qoralasa, yana kimdir haydovchilarga yon bosmoqda. 

“Taksi kimmat emish. Men ertalab shaxsiy ishim bilan chiqib keldim, 2-3 tezlikda yursa bo`ladi faqat.Shunda qancha benzin sarf qilinadi, qani biladiganlar bo`lsa aytsin.Bunaqa havoda 3 baravar qimmat bo`lishi turgan gap”,—deb yozdi haydovchining yonini olgan internet foydalanuvchisi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!