Sardor Rashidovning yagona goli “Al-Jaish”ga g`alaba keltirdi

11:59, 26 noyabr

Qatar Yulduzlar Ligasi 8-turida “Al-Jaish” o`z maydonida “Al-Haritiat” klubiga qarshi bahs olib bordi.

“Al-Jaish” safida to`p surayotgan O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Sardor Rashidov 38-daqiqada kiritgan goli evaziga jamoasiga g`alaba keltirdi.

Ushbu g`alabadan so`ng “Al-Jaish” ochkolari sonini 22 taga etkazib, turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!