O`zEOAVMA tomonidan Prezident saylovi jarayonini yoritish bo`yicha Press-klub tashkil etildi

15:22, 26 noyabr

Yurtimizda joriy yil 4 dekabrda bo`lib o`tadigan muhim siyosiy jarayon — O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 7 kun qoldi. 

Ushbu sana yaqinlashgani sayin aholining bu siyosiy jarayonga qiziqishi tobora ortmoqda. Bugun poytaxtimizdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasining Crystal Ballromm konferensiyalar zalida O`zEOAVMA tomonidan tashkil etilib o`z ishini boshlayotgan press-klubning ilk yig`ilishi  bo`lib o`tdi. Yig`ilishda O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assosiasiyasi Boshqaruvi Raisi Firdavs Abduxoliqov jurnalistlarga mazkur Press-klubning maqsad va vazifalari to`g`risida tushuncha berdi. 

Press-klubni tuzishdan asosiy maqsad aholining saylov jarayoniga qiziqishlariga tezkorlik bilan javob qaytaradigan axborot makoni bo`lib xizmat qiladi. 

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha OAV jurnalistlarini o`z atrofiga biriktirgan press-klub 30 noyabrdan rasman o`z ishini boshlaydi. 

Press-klubning rasmiy ochilishda Markaziy saylov komissiyasinning raisi Mirzo Ulug`bek Abdusalomov, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatining Tashqi siyosat masalalari qo`mitasi raisi Sodiq Safoev, O`zbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy markazi direktori Akmal Saidov, o`z nomzodlarini ko`rsatgan partiya vakillari hamda mahalliy jurnalistlar bilan bir qatorda xalqaro OAV vositalari vakillari ishtirok etadi. 

6 dekabrga qadar faoliyatini olib boradigan press-klub muhim siyosiy jarayondagi barcha bahs-munozara, muloqot va axborotlar bilan bir qatorda saylov kuni natijalarini ham tezkorlik bilan aholiga etkazishga xizmat qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!