"Lokomotiv" O`zbekiston Kubogi finaliga yo`l oldi

17:44, 26 noyabr

Hozirgina Toshkentdagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida O`zbekiston Kubogi ½ finali javob uchrashuvi nihoyasiga etdi. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” jamoalari o`rtasidagi yarim final javob uchrashuvi 0:1 hisobida, “temiryo`lchilar” g`alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu jamoalar o`rtasidagi  yarim final uchrashuvlarining umumiy hisobi bo`yicha “Lokomotiv”  jamoasi O`zbekiston Kubogi-2016ning ikkinchi finalchisiga aylandi.

O`zbekiston kubogi-2016. ½ final. Javob uchrashuvi

“Bunyodkor” (Toshkent) – “Lokomotiv” (Toshkent) 0:1

26.11.2016. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni.

Gol: T.Kopadze (75)

Dastlabki uchrashuv: “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 1:0

Shunday qilib, 30 noyabr chorshanba kuni Samarqand shahrida bo`ladigan O`zbekiston Kubogi-2016 finalida jamoamiz “Lokomotiv” bilan bahs olib boradi.

“Nasaf” uchun oltinchi final uchrashuvi bo`lsada, shu paytgacha finalda “Lokomotiv” jamoasi bilan tuqnash kelmagan. O`tgan yilgi kubok bahslarida jamoamiz “temiryo`lchilar”ni yarim finalda musobaqadan chiqarib yuborishgan edi.

O`zbekiston Kubogi-2016. Final

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)

30.11.2016. Samarqand sh., “Dinamo” stadioni. 13:00da

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!