Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport kurashlari bo`yicha Oltin Gran-Pri turniri bo`lib o`tmoqda

20:55, 26 noyabr

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport kurashlari bo`yicha Oltin Gran-Pri turniri bo`lib o`tmoqda.

Ushbu nufuzli turnirda erkin va yunon-rum kurashi bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi polvonlari ham o`z mahoratlarini namoyish etishyapti. Gran-Prida Olimpiada g`olib va sovrindorlarining ishtirok etayotgani turnirning murosasiz utishiga sabab bulmokda.

Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov bu musobakada 66 kg vaznda ishtrok etdi va chorak final bahsida mezbonlar vakili Rovshan Tagievga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Mirzobek Rahmatov esa serbiyalik Aleksandr Maksimovichga imkoniyatni boy berdi.  

Feruz To`xtaev final yullanmasiga ega chiqdi. U final chiptasi uchun rossiyalik Mingiyan Semenovga qarshi gilamga chikib galaba kozondi. Finalda yaponiyalik K. Fumitaga karshi baxs olib boradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!