Konfederasiyalar Kubogi–2017 musobaqasiga qur`a tashlandi

21:13, 26 noyabr

Rossiyaning Qozon shahrida bugunb 26 noyabr kuni  2017 yilning 17 iyunidan 2 iyuliga qadar bo`lib o`tadigan Konfederasiyalar Kubogi musobaqasiga qur`a tashlash marosimi o`tkazildi.

Mazkur musobaqa JCh–2018 turniridan bir yil avval o`tkaziladi. Unda Rossiya termasi mezbon sifatida, Germaniya esa amaldagi jahon chempioni sifatida ishtirok etadi. Portugaliya  esa Evropa chempioni maqomida qatnashadi.

Bundan tashqari, o`z mintaqalarida chempion bo`lgan Chili, Meksika, , Avstraliya, Yangi Zelandiya tashrif buyuradi. Afrika Millatlar Kubogining fevral oyida aniqlanadigan g`olibi ular qatoriga qo`shiladi.

Qur`a natijasiga ko`ra quyidagi jamoalar guruhdan joy oldi.

“A” guruhi: Rossiya , Yangi Zelandiya, Portugaliya, Meksika;

“B” guruhi: Afrika chemioni, Chili, Avstraliya, Germaniya.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!