La Liga. Ronalduning dubli "Real Madrid"ga g`alaba keltirdi

22:53, 26 noyabr

Ispaniya chempionati 13-turida “Real Madrid” o`z maydonida “Sporting Xixon” futbolchilarini qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Ronaldu penaltidan hisobni ochdi. 18-daqiqada uning o`zi yana gol kiritdi. “Sporting Xixon” a`zosi Karmona bitta javob to`pini kiritdi.

Navbatdagi muvaffaqiyatdan so`ng Zinedin Zidan shogirdlari ochkolar sonini 33 taga etkazib, peshqadamlikni mustahkamlab oldi. 

"Real Madrid" – "Sporting Xixon" 2:1 (2:1, 0:0)

Gollar: 1:0 – 5, penalti Ronaldu, 2:0 – 18 Ronaldu, 2:1 – 35 Karmona.

"Real Madrid" – Navas, Pepe, Nacho, Danilo, Ramos (Marselo, 72), Modrich, Kovachich (Isko, 81), Xames (Asensio, 72), Vaskes, Ronaldu, Benzema.

"Sporting Xixon" –  Marino, Kastelyano, Xorxe Mere, Amorebeta, Lopes, Gomes (Rodriges, 76), Alvares, Karmona (Vigera, 76), Ait-Atman (Kases, 81), Duglas Pereyra, Chop.

Ogohlantirishlar: Amorebeta (40), Ait-Atman (61), Karmona (66), Nacho (77).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!