4 xil oladi resepti - nonushtaga tez tayyor bo`ladi!

09:42, 28 noyabr

1. Kefirli. Yarim litr kefirni 3 osh qoshiq shakar, 2 stakan un va 1 choy qoshiq tuz bilan yaxshilab aralashtiring. Keyin 3 osh qoshiq smetana va 1 choy qoshiq iste`mol sodasi soling. Oladilarni qizdirilgan sariyog`da tilla rangga kirguncha qovuring. 

2. Tovuq go`shtli. 350 gr. tovuq go`shtini maydalab to`g`rang. 1 ta kabachkini qirg`ichdan o`tkazing. Shivitni  maydalang. Keyin hammasini aralashtirib, 1 dona tuxum, 2 osh qoshiq smetana va 5 osh qoshiq un qo`shing. Qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring.

3. Kartoshkali. 4 ta kartoshkani qirg`ichdan o`tkazib, 2 osh qoshiqdan un va maydalangan yong`oq, 1 dona tuxum, tuz bilan aralashtiring. Oladilarni qizdirilgan sariyog`da qovurib, yuziga smetana soling.

4. Olmali. 1 dona tuxumni 1 osh qoshiq shakar va bir chimdim tuz bilan ko`pirtiring. 5 osh qoshiq un va 200 ml. smetana qo`shing. 2 ta olmani qirg`ichdan o`tkazib, uni ham qo`shing-da, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!