Ufada avtoturargohda turgan avtomobilni er yutdi

10:19, 28 noyabr

25 noyabr kuni Ufadagi ko`p qavatli uylardan birining yonida paydo bo`lgan suvli ko`lmak “Lada Kalina” rusumli avtomobilni batamom yutib yubordi, deb xabar berdi  “Tjournal.ru” nashri.

Avariya xizmati xodimlari kechasi bilan suvni tortib chiqardi, ammo 6 metrli chuqurlik ichidan avtomobil topilmadi. “Ufavodakanal” xodimlari mashinani suv ostidagi er yutganligini, chuqurlik er tagidagi bo`shliq tufayli yuzaga kelganligini aniqlashdi. Shundan keyin quvur yorilib ketgan. Ertasi kuni avariya xizmati xodimlari avtomobilni yutib yuborgan o`rani ko`mishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!