Shahzoda Matchonovaning turmush o`rtog`i bilan bog`liq xabarlarga oydinlik kiritildi (Foto)

10:24, 28 noyabr

Joriy yilning 25 noyabr kuni poytaxtimizning “Yakkasaroy” to`yxonasida aktrisa Shaxzoda Matchonova Omar ismli yigitga turmushga chiqqani xaqida xabar bergan edik. Mazkur xabar va Instagramda tarqalgan to`y suratlari shu kunlarda internet olamida keng muhokama qilinmoqda.

26 noyabrdan bu to`y bilan bog`liq avvaliga gumonlar keyin esa g`alati xabarlar, ketidan esa umuman mantiqqa zid ma`lumotlar yog`ila boshladi. 

Sayyod.com nashri mazkur xabarlar yuzasidan quyidagi maqolani chop etdi. Unda keltirilishicha, instagramga nashr tomonidan joylangan suratlar ostidagi izoxlarga odamlar kuyov xaqida turli xabarlar yoza boshlashgan. Ya`ni xabarlarida Omar ismli yigit aslida Muzaffar ekanligi, hatto kuyovning enga yaqinlari ham to`y xaqida internetdan bilishganidan xayratda ekanliklari yozila boshlangan. Eng qizig`i, yigitning onasi xam Turkiyada”, deb yozadi nashr.

Nashrning ma`lum qilishicha, Masharifov Muzaffar Mirayimovich 28 sentyabrda tug`ilgan, o`zbek, 9 oyligida otasi vafot etgan, onasi bilan Turkiyadagi Istanbul shahrida ishlab, istiqomat qilishgan. O`zbekistonda bir vaqtlar judayam mashxur va taniqli bir guruxdagi solistlarning jiyani. Turkiyaning futbol jamoalaridan birida to`p suradi va shu taraflama ko`pchilik uni yaxshi taniydi. Shundan so`ng nashr Shaxzoda  Matchonova bilan bog`langan. Barcha savollarga bemalol javob bergan Shaxzodaning javoblarni esa saytga qo`ymaslikka qaror qilgan. 

Shaxzoda javoblarida faqatgina  Muzaffar bilan u avvalroq Turkiyada tanishgani va ayni damda Shaxzoda Turkiyaning Istanbul shahrida  qaynonasi bilan ekanini ma`lum qilgan. 

“Biroq nima sababdan to`yda kuyov yaqinlari bo`lmagani, nima uchun Muzaffar Omar ismi bilan uylangani haqidagi savollar hozircha ochiq qolmoqda”, deb yozadi nashr.

“Bu shaxsiy va oilaviy masala. Munosabatlar va ular bilan bog`liq masalalar shaxsiy hudud xuquqida”, deya yakun yasaydi maqolaga Sayyyod nashri.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!