“MYu” 1990 yildan buyon birinchi marta o`z maydonida to`rtta o`yinda g`alaba qozona olmayapti

10:51, 28 noyabr

“Manchester Yunayted” jamoasi APL 13-turida “Vest Xem”ni o`z maydonida qabul qilib, 1:1 hisobida durang o`ynadi.

“Championat.com” nashrining xabar berishicha, mankunianlar “Old Trafford”da o`tkazilagan qatorasiga to`rtinchi o`yinda g`alaba qozona olmadi. So`nggi marta bundan yomon ko`rsatkich 1990 yilning fevral oyida qayd etilgandi.

Avvalroq “MYu” o`z maydonida “Stok Siti” (1:1), “Byornli” (0:0) va “Arsenal” (1:1) bilan durang o`ynagandi. “Manchester Yunayted” oxirgi marta o`z maydonida 24 sentyabr kuni g`alaba qozongan. O`shanda jamoa “Lester”ni 4:1 hisobida mag`lub qilgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!