Soch parvarishi borasida 8 maslahat

11:11, 28 noyabr
  • Yorlig`ida «Hamma soch turlari uchun» degan yozuvi bor shampun yoki kondisionerlarni sotib olishga shoshilmang. Bunday soch yuvish vositalari soch tolalari qalinligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
  • Shampun, balzam, kondisioner, soch uchun maxsus niqoblarning turini tez-tez almashtirish sochlaringiz uchun zazarli bo`lishi mumkin. Shuning uchun ularni ikki oyda yangilab turish tavsiya etiladi.
  • Sochni namlantiruvchi, oziqlantiruvchi spreylardan yil davomida foydalanganingiz ma`qul. Bular sochingizni yozda qo`yosh nurlaridan, qishda esa quruq havodan asrashingizga yordam beradi.
  • Bosh terisini oziqlantiruvchi krem va niqoblardan ikki haftada bir martadan ko`p foydalanish tavsiya etilmaydi.
  • Xo`l va nam sochlarni aslo taramang. Bu ularning to`kilishiga va sinuvchanligiga sababchi bo`lasiz.
  • Soch qurutish vositasidan bir haftada ikki martadan ko`p foydalanmaslikka harakat qiling.
  • Sochlaringizning uchini uch oyda bir marta albatta kestirib turing. Bu bilan siz sochlaringizga kislorod borishini ta`minlagan bo`lasiz.

Boshingizni ro`mol bilan qattiq tang`imang, sochingizni qattiq to`g`nog`ichlar bilan yig`ishtirmang. Bunday holatlar soch ildizining tuzilishini o`zgartirib yuboradi, natijada sochning yog` ishlab chiqarishi tezlashadi. Sochlar va uning ildizlariga biroz dam berishni unutmang.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!