Filippinlik boks bo`yicha jahon chempioni hamshaharlari uchun 1000 ta uy qurib berdi

11:46, 28 noyabr

Floyd Meyver bilan bo`lgan jangdan yaxshigina daromadni qo`lga kiritgan bokschi va siyosatchi Menni Pakyao o`zi tug`ilib o`sgan shaharning kambag`al oilalariga 1000 ta uy qurib berdi, deb xabar qildi “Daladno.me” nashri.  

Menni Pakyao vatanida nafaqat mashhur bokschi, balki siyosatchi sifatida ham nom qozongan. U o`zining  Facebook sahifasida hamyurtlariga yordam berish imkoni tug`ilganidan mamnunligi haqida yozdi.

Uning bunday qarorga kelishiga Flod Meyver bilan bo`lgan jangdan tushgan daromad sabab bo`ldi. U mablag`ning bir qismini kambag`al oilalarga berishni o`zining burchi, deb hisobladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!