Chirchiqda telefon o`g`risi qo`lga tushdi

12:11, 28 noyabr

Chirchiq shahar ichki ishlar bo`limiga 17 yoshli fuqaro murojaat qilib, noma`lum shaxs unga tegishli " SAMSUNG" rusumli qo`l telefonini ochiqdan-ochiq tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan, deb yozadi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
 
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini mahalliy aholiga mansub yigit sodir etganligi fosh etilib, qo`lga olindi. Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!