Uolt Disneyning vasiyatnomasi sotish uchun auksionga qo`yildi

12:33, 28 noyabr

Rejissyor, multiplikator-rassom Uolt Disneyning vasiyatnomasi sotish uchun auksionga qo`yildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Hujjatga 1941 yilning avgust oyi sanasi qo`yilgan. Bu Disney tomonidan yozilgan uch vasiyatnomaning biridir. Vasiyatnomani sotish bilan Profiles  of  History shug`ullanmoqda. Auksionni 10 dekabrda o`tkazish rejalashtirilgan va vasiyatnoma 60 ming dollarga baholangan.

Uolt Disney rejissyor sifatida 100 ortiq filmni suratga olgan, 600 ga yaqin filmga prodyuserlik qilgan. U xizmatlari uchun bir necha marotaba “Oskar” va boshqa mukofotlarga sazovor bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!