Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi rahbarligiga qayta saylandi

13:43, 28 noyabr

Xalqaro qilichbozlik federasiyasi(FIE )ning amaldagi prezidenti Alisher Usmonov mazkur lavozimga to`rt yil muddatga qayta saylandi, deb xabar beradi “TASS”.

Usmonov Moskvada o`tkazilgan kongressda mazkur lavozimga ko`rsatilgan yagona nomzod bo`ldi.

“Alisher Usmonov barcha delegatlarning roziligi bilan Xalqaro qilichbozlik federasiyasi rahbari etib tayinlandi. Reglamentga ko`ra, agar lavozimga faqatgina bir nomzod ko`rsatilsa, ovoz berish jarayoni o`tkazilmaydi”,—deyiladi xabarda.

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasini 2008 yildan beri boshqaradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!