“Sado” guruhi ayol xonandalar o`rtasida kasting e`lon qildi

14:51, 28 noyabr

“Sado” guruhi tarkibida ayol xonanda ish boshlashi kutilmoqda. Shu munosabat bilan guruh barcha ayol xonandalar o`rtasida tanlov e`lon qildi.  

“12 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan ‘Sado’ ansambli o`z tarkibiga ayol xonandani ishga olish masalasiga jiddiy yondoshmoqda. Bizga iste`dodli, jonli kuylay oladigan, tartibli va mas`uliyatli, go`zal va yulduzlik kasalligiga qarshi emlangan, o`z ustida lozim bo`lsa tunu-kun ishlay oladigan, shuningdek ishonchli do`st bo`lib, jamoada ishlay oladigan ayol xonanda kerak”,—deyiladi tanlov matnida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!