O`zbekiston hukumati Fidel Kastro vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

15:03, 28 noyabr

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Kuba Respublikasi Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi Raisi Raul Modesto Kastro Rusga mamlakatni bir necha o`n yil davomida boshqargan atoqli siyosat va davlat arbobi Fidel Alexandro Kastro Rusning vafoti munosabati bilan Kuba rahbariyati va butun xalqiga samimiy dalda va ta`ziya izhor etilgan maktub yo`lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kuba yo`lboshchisi o`z Vatanining haqiqiy va sodiq vatanparvari sifatida, bugungi Kubaning asoschi-otasi sifatida tan olingan, Kuba davlatchiligiga mustahkam poydevor o`rnatgan, mamlakat mustaqilligi va suvernitetini himoya qilishda mardlik va qat`iylikni namoyon qilgan, deyiladi maktubda. Kuba xalqining mustahkam irodasi va ozodlikka intilishi, o`z taraqqiyot yo`lini saqlab qolishdagi qat`iy jasorati, hech mubolag`asiz, ushbu tarixiy shaxs nomi bilan chambarchas bog`liqliqdir.

Fidel Kastro har doim O`zbekiston va Kuba o`rtasidagi do`stona munosabatlarni mustahkamlash, hamkorlik va o`zaro hurmat tarafdori bo`lgan, deydi davlatimiz rahbari. Kuba yo`lboshchisining O`zbekistonga tashrifini, respublika bo`ylab safari va unutilmas do`stona uchrashuvlarini o`zbekistonliklar yaxshi eslashadi.

“Biz erksevar Kuba xalqining dard va qayg`usiga sherikmiz”, - deb yozilgan O`zbekiston rahbarining maktubida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!