Xalq ta`limi vazirining virtual qabulxonasi ish boshladi

16:09, 28 noyabr

Xalq ta`limi vazirining virtual qabulxonasi (www.uzedu.uz) ishga tushirildi.

Qabulxona vazirlik faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta`minlash, hamyurtlarimizning sohaga oid taklif, mulohaza va arizalarini zudlik bilan ko`rib chiqish, qolaversa, tizimda olib borilayotgan islohotlar borasida jamoatchilik fikrini o`rganish maqsadida tashkil etildi, deb yozadi vazirilik Axborot xizmati.

Bugungi kunda fuqarolar Xalq ta`limi vazirligiga, vazirning virtual qabulxonasi, 10-06 “Ishonch telefoni”,  info@xtv.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilish va qisqa muddat ichida o`z savollariga javob olish imkoniyatiga egalar.

Xalq ta`limi vazirining virtual qabulxonasiga murojaatlar amaldagi qonun talablari asosida qabul qilinib, o`rnatilgan tartibda va qonun bilan belgilangan muddatlarda ko`rib chiqiladi.

Vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari doimiy nazoratga olinib, har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani inobatga olinlgan holda, ularning har biriga asosli javoblar qaytarilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!