Markaziy saylov komissiyasi raisi Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi

23:07, 28 noyabr

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo`yicha Respublika matbuot markazida 2016 yil 28 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov saylovni yoritish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiyaning etakchi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi. 

Markaziy saylov komissiyasi raisi jurnalistlarni saylov komissiyalari tomonidan saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha asosiy tadbirlar dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. 

Uchrashuvda O`zbekiston davlat boshqaruvi tizimida Prezidentlik instituti asosiy o`rin tutishi alohida ta`kidlandi. Konstitusiyada mustahkamlab qo`yilganidek, Prezident davlat boshlig`idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta`minlaydi. Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risidagi qonunchilikka 2015 yil dekabr oyida kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalar saylov amaliyotini yanada takomillashtirishga, fuqarolarning saylovda erkin ishtirok etishi uchun shart-sharoitlarni kengaytirishga, Prezidentlikka nomzodlarga saylovoldi tashviqoti davrida keng va teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. 

Saylovning ochiqligi va oshkoraligini, jurnalistlarning saylov kampaniyasiga taalluqli axborotlardan keng foydalanishini ta`minlash maqsadida Prezident saylovini yoritish bo`yicha Respublika matbuot markazi va okrug saylov komissiyalarining matbuot markazlari faoliyat ko`rsatmoqda. Ular tomonidan bugungi kunga qadar saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bag`ishlangan yuzga yaqin matbuot anjumani va brifing o`tkazildi. Markaziy va okrug saylov komissiyalari tomonidan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 1 ming 306 nafar vakili akkreditasiyadan o`tkazildi. 

Saylov kampaniyasi e`lon qilinganidan boshlab shu kunga qadar mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalarida 15 ming 845 ta material e`lon qilindi. 

Tadbirda Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!