A Seriya. "Inter" gollarga boy kechgan o`yinda g`alaba qozondi

08:18, 29 noyabr

Italiya chempionati 14-turida "Inter" o`z maydonida "Fiorentina" futbolchilarini qabul qildi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda milanliklar 4:2 hisobida g`alaba qozondi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Marselo Brozovich hisobni ochdi. 9-daqiqada Antonio Kandreva hisobni oshirdi. 19-daqiqaga kelib esa "Inter" yirik hisobda g`alaba qozonayotgan edi. 

37-daqiqada "Fiorentina" futbolchilari hisobni qisqartirdi. Gol muallifi Kalinich bo`ldi. Birinchi bo`lim yakunida "fialkalar" bir kishi kam bo`lib qoldi va bu ularga qimmatga tushdi. 

Garchi 62-daqiqada "Fiorentina" yana bitta gol urgan bo`lsa-da, o`yin yakunida Mauro Ikardi hisobni oshirib, bellashuvga nuqta qo`ydi. 

"Inter" – "Fiorentina" 4:2

Gollar: Brozovich, 3, Kandreva, 9, Ikardi, 19, 90+1 – Kalinich, 37, Ilichich, 62

"Inter": Xandanovich – D`Ambrozio, Ranokkya, Miranda, Ansaldi – Brozovich, Kodogbiya (Mariu, 46) – Kandreva, Banega (Melo, 69), Perishich – Ikardi.

"Fiorentina": Teterushanu – Salsedo, Rodriges, Astori, Milich (Tomovich, 46) – Badel, Valero – Telo (Peres, 76), Ilichich, Bernardeski (Keza, 65) – Kalinich.

Ogohlantirishlar: Kondogbiya, Brozovich, Miranda, Melo, Ansaldi – Salsedo, Badel, Valero.

Chetlatish: Rodriges, 45+1

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!