“Liverpul” etakchisidan ayrildi

09:49, 29 noyabr

Angliyaning "Liverpul" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino jarohati tufayli 5-6 hafta jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda

Braziliyalik futbolchi tibbiy ko`rikdan o`tganidan so`ng tizzasidagi bo`g`imlar shikastlangani ma`lum qilindi. "Liverpul" klubidagilar 15 yanvarda  "Manchester Yunayted"ga qarshi kechadigan uchrashuvga qadar, 24 yoshli futbolchining tiklanishidan umidvor bo`lishmoqda.

Eslatib o`tamiz, Koutino APLning ushbu mavsumida  13 uchrashuvda maydonga tushib beshtadan gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!