Bemorlar iltimosiga binoan shifokorlar mukofotlandi

10:18, 29 noyabr

Xastalikdan davolangan qizning onasi Mirziyoevning elektron qabulxonasiga murojaat qilib, shifokorlarini mukofotlashni so`radi, deb xabar qilmoqda “Sputniknews-uz”   nashri.  

Bemorlardan birining onasi Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasiga murojaat qilganidan keyin Toshkent shahridagi 1-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokorlari O`zbekiston Tibbiyot vazirligidan mukofot olishdi, Murojaat qilgan ayolning ma`lum qilishicha, oktyabr oyida uning 8 yoshli katta qizi jiddiy tashxis bilan Toshkentdagi 1-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tushadi. Kasalxonada o`z vaqtida tashxis qo`yilib davolash boshlanadi. Ikka hafta davomida shifokorlar kichik bemorni oyoqqa turg`izishadi. O`z minnatdorchiligini bildirish uchun ushbu ayol Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasiga murojaat qilgan.

“Bizning oila ushbu shifokorlarga ulkan minnatdorchilik bildiradi. Ular har kuni kasallar hayotini saqlab qolmoqda. Sizdan, agar imkon bo`lsa ularni davlat tomonidan mukofotlashni so`rayman. Men ular o`z ishining haqiqiy ustasi ekanligini butun Respublika bilishini istayman. Ushbu holat boshqa minglar shifokorlarga o`rnak bo`lishi mumkin", — deb yozgan toshkentlik ayol o`zining murojaatida. 

Ushbu murojaat Tibbiyot vazirligi mutaxassislari tomonidan ko`rib chiqilib, 1-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokorlari G`iyos Mahmudov va Abdulaziz Abduraximovlarni Sog`liqni saqlash vazirliklarining faxriy yorliqlari bilan mukofotladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!