Oqsaroy qarorgohi oldidan o`tgan yo`l bo`ylab avtotransport harakatiga ruxsat berildi

11:09, 29 noyabr

Toshkentda Afrosiyob ko`chasining Sharof Rashidov shoh ko`chasi va Beshyog`och ko`chasi o`rtasidagi qismi transport vositalari harakatlanishi uchun ochildi, deya xabar beradi «Gazeta.uz».

O`zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov rezidensiyasi yaqinidan o`tgan yo`l bo`ylab har ikki tomondan avtomobillar harakatlanmoqda.

Harakatlanishni cheklovchi belgi olib tashlangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!