Keyt Middlton Shahzoda Garrrining yangi ma`shuqasi tufayli taxtdan quruq qolishi mumkin

11:41, 29 noyabr

Keyt Middlton (Kate Middleton) va Shahzoda Uilyam (Prince William) o`zlari orzu qilgan, ayni paytda Qirolicha Elizaveta II o`tirgan taxtdan benasib qolishlari mumkin, deb xabar berdi “Rrikolno.cc”  nashri.

Shahzoda Uilyamning uning oilasida tinchlik, xotirjamlik hukm surayotgani haqidagi gaplariga qaramay, rafiqasi Keyt Middlton bilan ajrashishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar kuchayib ketdi. OAVlarning xabar berishicha, Shahzoda Uilyamning oilasi o`zi aytgani kabi tinch emas.  

Ammo na Keyt Middlton, na Shahzoda Uilyam bunday ayblovlarga javoban biror izoh berishni lozim ko`rmadi. 

Qirolicha Elizaveta II ning o`zi nabirasi va uning rafiqasiga shubha bilan qaraydi. Ularning ota-onasi Shahzoda Jorj va Malika Sharlottani boshqa ishlar bilan band bo`lib, farzandining tarbiyasiga etarli darajada vaqt ajratmagan, deb hisoblaydi va bu narsa uni qoniqtirmaydi. Uning fikricha, qirol va qirolicha hamma narsaga ulgurishi kerak. 

Manbaning xabar berishicha, Elizaveta II Garrining yangi ma`shuqasi Megan Marklga e`tibor qaratib, aynan u eng qiyin vazifa bo`lgan — mamlakatni boshqarish vazifasini eplashiga ishonch bildirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!