O`zbekistonda valyuta siyosatining keng miqyosda erkinlashtirilishi kutilmoqda

12:07, 29 noyabr

O`zbekistonda 2017 yildan boshlab ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan valyuta siyosatini keng miqyosda erkinlashtirish kutilmoqda. Ushbu o`zgarishlarini o`zida ifoda etgan «Valyuta siyosatining ustuvor yo`nalishlari to`g`risida«gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Hujjatda quyidagilar valyuta siyosatini liberallashtirishning asosiy ustuvor yo`nalishlar qilib belgilangan:

Barcha davlat organlarining nazorat-cheklash orqali boshqarish usullarini himoyalash-rag`batlantirish yondashuviga o`zgartirish, bunda xususiy aktivlarni o`z ixtiyoriga ko`ra boshqarish huquqini amalga oshirishni ta`minlash va qulay investision iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratishni ko`zda tutish;

Respublikaning eksport salohiyatini rag`batlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish;

Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga valyuta operasiyalarin amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, bunda alohida korxona yoki sohalarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish amaliyotini taqiqlash;

Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o`rnatish;

Milliy valyuta barqarorligiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi qonunchilik normalarining o`rnatilishiga yo`l qo`ymaslik.

Quyidagilar bilan mos keluvchi tartiblarning o`rnatilishi rejalashtirilmoqda:

O`zbekiston hududida sotilayotgan (ko`rsatilayotgan) tovarlar va xizmatlar narxlari, jamiyatlar ustav kapitaliga eng kam talablar faqatgina milliy valyutada belgilanishilozim;

O`zbekiston hududida tovar va xizmatlar uchun xorijiy valyutada to`lovlarni amalga oshirish to`lov kartalar orqali to`lovlarni amalga oshirish istisno qilingan holda qat`iyan taqiqlanadi;

O`zbekiston hududida davlat bojlari, yig`imlar va boshqa majburiya to`lovlar faqatgina milliy valyutada qabul qilinadi, bunda O`zbekiston norezidentlaridan erkin bojxona zonalari va erkin omborxonalar hududlarida olinadigan bojxona yig`imlari istisno etiladi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mablag`larini erkin tasarruv etish huquqlarini to`laqonlik ta`minlash maqsadida quyidagilar o`rnatiladi:

Valyuta daromadlari va yuridik shaxslar hisoblarida mablag`lar mavjud bo`lgan hollarda xorijiy valyutada foyda, dividentlar va boshqa daromadlarni aksionerlar (ishtirokchilar) qarori asosida to`lashga ijozat beriladi;

O`zbekiston hududida jismoniy shaxslar o`rtasida bank o`tkazmalari, pochta o`tkazmalari yoki to`lov tizimlaridan foydalangan holda xorijiy valyuta mablag`larini o`tkazishga ruxsat beriladi;

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuridik shaxs tashkil etmasdan o`z bank hisoblari orqali import mahsulotlari va xizmatlari uchun to`lovlarni amalga oshirishga ijozat beriladi;

Eksportyor va importyorlar ular tomonidan imzolangan tashqi savdo shartnomalari bo`yicha to`lov shaklini valyuta nazorati qonunchiligi doirasida o`z xohishiga ko`ra erkin tanlaydi;

hukumat qarorlari bilan o`rnatilgan istisnoli hollardan tashqari, 10 ming AQSh dollari ekvivalentiga teng miqdorgacha bo`lgan naqd puldagi xorijiy valyutani respublikadan olib chiqib ketish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Bunda 2000 AQSh dollari ekvivalentigacha miqdorda bo`lgan naqd puldagi xorijiy valyutani O`zbekistondan olib chiqish va O`zbekistonga olib kirishda majburiy deklarasiya qilinmaydi;

tijoriy banklar va Markaziy banklarning naqd puldagi xorijiy valyutani O`zbekistondan tashqariga olib chiqib ketishga ijozat berishi amaliyoti bekor qilinadi;

O`zbekiston norezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar) qonunchilikda belgilangan tartibda O`zbekiston banklarida hisob ochish va mablag`larini erkin tasarruf etish huquqiga ega.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!