Dj Piligrim qaysi dinga e`tiqod qiladi?

13:18, 29 noyabr

Dj Piligrim taxallusi ostida ijod qiluvchi xonanda Ilhom Yo`lchiev qaysi dinga e`tiqod qilishi bilan bog`liq savolga javob berdi. Xonanda o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga hind  mutafakkiri Baba Virsa Singxning quyidagi so`zlarini yozib qoldirdi: 

“Agar mendan ‘Qaysi dinga e`tiqod qilasan?’ deb so`rashsa, men ularga ‘Daraxtlar, tog`lar, hayvonlar, barcha jonzotlarning dini mening dinimdir. Chunki, uning ziyosi erdagi har bir mavjudotda bor va bu ziyo meni to`ldiradi. Sababi, OTAmiz bitta, biz qaerda bo`lishimizdan qatiy nazar hammamiz uning farzandlarimiz’, deb javob beraman”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!