“PressClub: Elections.uz-2016” press- klubining tantanali ochilish marosimiga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda(Foto)

13:45, 29 noyabr

O`zbekistonda ilk marotaba saylovni yoritish maqsadida “PressClub: Elections.uz-2016” press- klubi tashkil etilayotgani haqida xabar bergan edik.  Klub tadbirlari o`tkaziladigan “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Billur” zalida press-klubning tantanali ochilish marosimiga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda. 

Mehmonxonaning mazkur zali o`zbekona milliy qadriyatlarimizga monand ravishda bezatildi. Zalga kiraverishda saxovatli o`zbek zaminida etishtirilgan meva va sabzavotlar to`la arava, o`zbek milliy shirinliklarini ko`rish mumkin. 

30 noyabrda bo`lib o`tadigan Klubning ochilish marosimida  va keyingi uchrashuvlarda O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi  raisi Mirza-Ulug`bek Abdusalomov,  O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  Senatining  tashqi siyosat masalalari qo`mitasi raisi Sodiq Safoev, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi milliy markazi  direktori Akmal Saidovlar  ishtirok etadilar. Ular    press-klub ishiga maslahat yordami  ko`rsatadilar.

Ma`lumot uchun, Mazkur loyiha ijtimoiy-fuqarolik  tashabbusi hisoblanadi. Bu multimedia maydoni O`zbekiston Elektron OAV Milliy  assosiasiyasi, «Uzbekistan Today» axborot agentligi, «Mening Yurtim»telekanali,  «Sevimli-tv.uz» internet-telekanali, “Uzreport-TV” telekanali, “Darakchi inform servis”, “O`zbekiston kabel televideniesi”, “Poytaxt”, “Vodiy sadosi” radiostansiyalari va boshqalar   tomonidan  tashkil etildi.  O`zbekiston  Respublikasi  Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi loyihani texnik jihatdan qo`llab-quvvatlaydi.



Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!