«PressClub: Elections.uz-2016» BILAN YuRTIMIZDAGI SAYLOV JARAYoNI VOQEALARI MARKAZIDA BO`LING!

14:36, 29 noyabr

O`zbekiston Elektron OAV Milliy  assosiasiyasi, «Uzbekistan Today» axborot agentligi, «Mening Yurtim»telekanali,  «Sevimli-tv.uz» internet-telekanali, «Uzreport-TV» telekanali, «Darakchi inform servis», «O`zbekiston kabel televideniesi», «Poytaxt», «Vodiy sadosi» radiostansiyalari va boshqalar   tomonidan  tashkil etilgan loyiha — «PressClub: Elections.uz-2016» ijtimoiy-fuqarolik  tashabbusi hisoblanadi.

O`zbekiston  Respublikasi  Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi joriy yil 30 noyabrda rasman ochiladigan bu multimedia maydonni texnik jihatdan qo`llab-quvvatlaydi.

“Biz mulk  shaklidan qat`iy nazar barcha  xorijiy va milliy  OAV uchun  mutlaqo ochiqmiz. Bu multimedia maydonida ilg`or texnologiyalar jamlangandi: yuqori tezlikdagi internetga ega bo`lgan 80 dan ortiq zamonaviy  kompyuterlar o`rnatildi, IT-texnologiya, dizayn va multimedia sohasidagi eng so`nggi yutuqlardan  foydalanildi.  Bular natijasida  ilg`or dunyo standartlariga mos  keluvchi klub tashkil etishga muvaffaq bo`lindi. Press-klub wi-fi aloqasi bilan ta`minlangan,  mamlakatdagi 10 ta  hududiy nodavlat  telestudiyalar, EOAVMA studiyalari  bilan onlayn-bog`lanish, shuningdek, alohida uzatuvchi telestansiya o`rnatiladigan Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi bilan bevosita onlayn  aloqa yo`lga qo`yildi.  Shunday qilib, ko`plab jurnalistlar  press-klubda turib, ta`bir joiz bo`lsa, O`zbekiston saylov  jarayoni voqealari markazida bo`ladilar», – deb  aytdi  press-klub rahbari, EOAVMA boshqaruvi raisi, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!