“PressClub: Elections.uz-2016” doirasida ijtimoiy reklama milliy tanlovi o`tkaziladi

15:45, 29 noyabr

 2016 yil 30 noyabr kuni rasman ish boshlaydigan “PressClub: Elections.uz-2016” press klubi ish dasturidan xalqaro kuzatuvchilar  va OAV vakillarini  O`zbekistonning an`anaviy madaniyati va san`ati bilan tanishtirishga  qaratilgan  madaniy  tadbirlar ham o`rin  olgan. Ijtimoiy reklama milliy  festivalining o`tkazilishi ham shu jumladan. 

Ijtimoiy media-mahsulotlar milliy festivali 8-bor ijtimoiy reklamaning intiluvchan, kreativ mualliflarini birlashtirmoqda.

Joriy yilning 2 dekabr kuni quyidagi nominasiyalar bo`yicha g`oliblar kim ekanligi ma`lum bo`ladi:

1. “Men yurtimni sevaman!” O`zbekiston Respubliksi mustaqilligining 25 yilligiga bag`ishlangan eng yaxshi ijtimoiy rolik.

2. “Aholining, xususan, yoshlarning saylovga oid huquqiy ongi va madaniyatini oshirish”ga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy rolik.

3.  “Fuqarolarning siyosiy faolligini yuksaltirish”ga bag`ishlangan eng yaxshi ijtimoiy rolik.
G`oliblar nufuzli Hakamlar hay`ati tomonidan to`g`ridan to`g`ri onlayn ovoz berish yo`li bilan aniqlanadi. 
Festival O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat  notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag`larini boshqarish bo`yicha Parlament komissiyasi tomonidan tashkil etilgan. 

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, YuNESKO, Konrad Adenauer nomidagi jamg`arma hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O`zbekistondagi vakolatxonalari festival hamkorlari hisoblanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!