Kolumbiyada bortida Braziliya futbol jamoasi bo`lgan samolyot halokatga uchradi

16:24, 29 noyabr

Kolumbiyaning Medelin shahrida bortida 72 nafar yo`lovchini olib ketayotgan samolyot aviahalokatga uchradi.

Ma`lumotlargak ko`ra, samolyot Boliviyadan uchgan va Medelin shahriga uchish vaqtida halokatga uchragan. Havo kemasi bortida bortida Braziliyaning “Shapekoense” futbol jamoasi ham bo`lgan.

Jamoa Medelinga “Kopa Sudamerikana” musobaqasi doirasida “Atletiko Nasonal”ga qarshi 1 dekabr kuni o`tkazilishi kerak bo`lgan uchrashuvga uchib ketayotgan edi.

Samolyot bortida 27 futbolchi va bir necha nafar jurnalistlar bo`lgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!