Saylovchilar o`rtasida “Saylovni yoritishda OAVning roli” mavzusida so`rovnoma o`tkazildi

16:32, 29 noyabr

Joriy yil 4 dekabr kuni mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea — O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo`lib o`tadi. Mazkur jarayonni  keng yoritishni ta`minlash maqsadida Markaziy saylov komissiyasida 1300 dan ortiq mahalliy va xalqaro OAV vakillari akkreditasiyadan o`tkazilgan.

“PressClub: Elections.uz-2016” press klubi dasturiga muvofiq ravishda saylovchilar o`rtasida “Saylovni yoritishda OAVning roli” mavzusida so`rovnoma o`tkazildi. Quyida saylovchilarning fikrlarini keltirib o`tamiz:

1.  Jurnalistlar partiyalar va jamoatchilik o`rtasidagi ko`prik bo`lib xizmat qiladi. Ularning vazifasi ham mana shundan iborat. Shuning uchun ham saylovlarning qanchalik ochiq o`tishi ularga bog`liq. Ular partiyalar, ularning faoliyati, nomzodlar, ular o`z dasturlarida e`tibor qaratayotgan jihatlar haqida xalqqa maksimal darajada ma`lumot berishlari kerak. Davlat va nodavlat OAVlarning vazifalari ham shu tariqa o`z ifodasini topadi.

2.  Biror nomzodga ovoz berish-bu har kimning o`z  tanlovi. O`ylaymanki, mana shu fikr har bir insonni saylovda ishtirok etishga undaydi. Jurnalistlar esa unchalik muhim ahamiyat kasb etmaydi. 

3.  Jurnalistlar mazkur jarayonda bizga saylov haqidagi haqiqatlarni ochib berishi bilan muhim.

4.  Jurnalistlar bizga nafaqat saylov, balki boshqa voqea-hodisalardan xabardor bo`lishimiz uchun ham kerak.

5.   Ularning saylovdagi ahamiyati juda katta. Jurnalistlar keng jamoatchilikni saylov jarayoni qanday kechayotganidan xabardor qilib turishadi. Agar ular “sariq matbuot” bo`lmasa. Biz haqiqatni jurnalistlardan eshitishga umid qilamiz.

6.   Jurnalistlarning vazifasi dunyo va mamlakat hududida yuz bergan istalgan hodisa haqida aholining barcha qatlamlariga ma`lumot berishdan iborat. Aynan OAV xodimlari saylov bilan bog`liq tadbirlar va ovoz berish jarayoni natijalarini yoritishadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!