Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolar soni qariyb 42 mingga etdi

16:48, 29 noyabr

Markaziy saylov komissiyasi xabariga ko`ra, O`zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonida 41 724 nafar fuqaro qatnashgan.

Belgilangan kuni saylovda ishtirok eta olmaydigan O`zbekiston fuqarolari muddatidan oldin ovoz berish uchun buning sababini tushuntirib berishlari kerak. O`zbekistonda muddatidan olin ovoz berish belgilangan saylov kunidan 10 kun oldin boshlanib bir kun oldin tugaydi.

MSQ xabariga ko`ra, O`zbekiston prezidenti saylovi uchun 9 ming saylov uchastkalari tashkil qilingan. Ulardan 44tasi — mamlakat tashqarisida. Saylovda umumiy hisobda 21 million fuqaro qatnashishi kutimoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!