Bir-biringizga qanchalik mossiz?

16:59, 29 noyabr

Ikki yoshning bir-biriga maslakdoshligi, bir-birini qanchalik tushunishi katta ahamiyatga ega. To`ydan oldin bilinmasligi mumkin, ammo turmush davomida katta-kichik kamchiliklar sekin-asta namoyon bo`ladi. Shuning uchun juft tanlashda ziyrakroq bo`lish lozim. Quyidagi test turmush qurish ostonasida turganlar  uchun  asqotadi.

1. «Munosabatlarimiz menga umid bag`ishlaydi. Ko`pgina masalalarda maslakdoshmiz».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q! – 5

2. «Vaqtimizni etarli darajada birga o`tkazamiz».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q! – 5

3. «Fikrlarimga qarshilik bildirsa-da, qarashlarimni tushunishga harakat qiladi. Asta-sekinlik bilan kamchiliklarimni tuzatib boradi».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalayapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q! – 5

4. «U tomonidan ko`rsatilgan har qanday e`tiborni jiddiy qabul qilaman. Doimo ijobiy tomonini o`ylayman. Hazillarini ham ko`taraman».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q! – 5

5. «Dunyoqarashlarimiz ko`pincha mos keladi. Bundan juda quvonib ketaman».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q! – 5

6. «Oila a`zolarim va do`stlarim tanlovimni qo`llab-quvvatlaydilar. Munosabatlarimizdan kamchilik qidirishmaydi».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3 

Unday emas – 4

Umuman yo`q! – 5

7. «Uning barcha hislatlari menga yoqadi. Birozgina bo`lsa-da o`zgartirish kiritishga ehtiyoj yo`q. Uni boricha qabul qilaman».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q! – 5

8. «Avvallari ko`p xatoga yo`l qo`yganman. Bu safar takrorlamasligimga ishonchim komil».

Haqiqatan shunday - 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q!  – 5

9. «Kelajakdagi rejalarimiz haqida oldindan o`ylab qo`yganmiz. Undan sir saqlamayman. Oshkor so`zlayman».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4  

Umuman yo`q! – 5

10. «Ko`rishmagan paytlarimizda u haqda tez-tez o`ylayman».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q! – 5

11. «Ota-onam to`y harakatlariga shoshilishmayapti. Bizga vaqt berib, yaxshilab mulohaza yuritishga imkon berishyapti». 

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q! – 5

12. «Kutilmagan sovg`alar olishni va taqdim etishni yoqtiraman. Hayotda bir xillikdan kochaman».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q! – 5

13. «O`rtamizdagi munosabatlarni qadrlagani sababli o`zimni xotirjam his etaman».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q! – 5

14. «Shu paytgacha uchratgan insonlarim orasida u o`zgacha. ham inson sifatida, ham bo`lajak juft sifatida».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q!  – 5

15. «Men uni ardoqlaganimdek, u ham meni hurmat qiladi».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q!  – 5

16. «Uning pulga bo`lgan har qanday munosabati (o`chligi, pishshiqligi, ziqnaligi, haddan ziyod hotamtoyligi) meni tashvishga solmaydi».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q! – 5

17. «Tanlagan insonim menga iliq munosabatda. Bundan juda xursandman».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q!  – 5

18. «O`ylashimcha, kelajakda turmush qurishimizga hech narsa (turar-joy, mablag`, kelishmovchiliklar) to`sqinlik qilolmaydi».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q!  – 5

19. «Men unga to`liq ishonaman».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q!  – 5

20. «Oldimizdan chiqqan muammolarni birga bartaraf eta olamiz».

Haqiqatan shunday – 1

Ha, desa ham bo`ladi – 2

Javob berishga qiynalyapman – 3

Unday emas – 4

Umuman yo`q! – 5

NATIJA: Yiqqan ballaringiz qanchalik past bo`lsa, munosabatlaringiz shunchalik havas qilgudek. Demak, katta hayot sari to`g`ri qadam tashlayapsiz. Ayniqsa, 4,15 va19-savollarga diqqat bilan yondashing. Ko`ngil qo`ygan insoningizning natijasi bilan solishtirib ko`ring. Farqli javoblar bilan tanishib, ulardan xulosa chiqaring.

18 baldan 40 gacha: Siz turmush qurish ostonasida turibsiz. Xushkayfiyatingiz va intilishlaringiz hayotingizning ilk pallalari omadli kelishini belgilab beradi. Ikkingiz uzoqni ko`zlagansiz, farovon kelajak barpo etishni rejalashtiribsiz. Lekin shuni unutmaslik lozimki, turmush mushtlariga duchor bo`lganda o`zligingizni yo`qotib qo`ymang. Masalalarga sabr-toqat bilan yondashing. Ana shundagina haqiqiy baxtga erishasiz.

41 baldan 70 gacha: Munosabatlaringiz tub-tubiga qandaydir noaniqliklar yashiringan. Bir to`xtamga kelib olishingiz zarur. Test savollari va javoblarini sinchikovlik bilan tekshirib ko`ring. Og`ir vaziyatlarga echim topishda hamjihat bo`ling. Mana shu damlarda qanday maslakdosh ekangiz namoyon bo`ladi. Mustaqil qaror qabul qiling.

71 baldan 90 gacha: O`rtangizdagi kelishmovchiliklar bisyor. Bir-biringizdan kamchilik izlamang. Hech bo`lmasa, biringiz og`irroq keling. Muammolarni ayri holatda bartaraf etishingiz – eng katta xatongiz hisoblanadi. Birlashgan o`zadi, buni yodda saqlang. Munosabatlaringizni yaxshilashda sizga tajribali maslakdosh inson kerak. Oila a`zolaringiz bilan maslahatlashing. Barchasi o`z qo`lingizda. Bir qarorga tezroq keling, keyin kech bo`lishi mumkin.

Dilnoza JO`RAEVA tayyorladi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!