70 yoshli ayol butun dunyoga bu yosh faqat raqamligini isbotladi

17:20, 29 noyabr

70 yoshli odamlarni biz qariya hisoblaymiz, bu paytga kelib, ular pensiyaga chiqishadi, nevara-chevarali bo`lishadi, sog`ligidan shikoyat qilib, kasalxonadan beri kelishmaydi, deb xabar beradi “Rrostoudivitelno.ru” nashri.  

Ammo bu ta`birlarning birortasi Ninel Bloxinaga tegishli emas. U 70 yoshga kirgan bo`lsa-da, buvi deb atashga til bormaydi. Ninel Bloxina tinimsiz ravishda sport, yoga bilan shug`ullanadi, dunyo bo`ylab sayohatlarga chiqadi. Boshqa pensionerlarga o`xshab, uning uyi gilam, shkaflar bilan emas, zamonaviy buyumlar bilan bezatilgan.

Sport bilan shug`ullanishdan tashqari ayol raqqosalarning haykalchalarini yig`ishni yoqtiradi va sayohatga borgan mamlakatdan bunday haykalchalarni qidirib, topib olib keladi va kolleksiya qiladi. Uning qadami tegmagan shaharlar soni juda kam.

“Nimagadir bizning odamlarda qariganingda nevaralaring bilan televizor qarshisida o`tirishing, sayrga ham itni aylantirish uchun chiqish kerak, degan fikr bor. Men esa o`zimni tiriklayin zindonga tiqish fikridan yiroqman. Sayohatlar, sport meni yoshligimga qaytardi. Hozir hech kim mening 70 yoshga kirganimga ishonmaydi, ba`zida ularga pasportimni ko`rsatishga ham majbur bo`laman”, dedi Ninel Bloxina.

Ninel Bloxina yoshligida balet maktabida o`qigan, Kaliningrad televideniesida boshlovchi bo`lib ishlagan, keyinchalik Germaniyaga ko`chib ketgan va mahalliy gimnaziyada xoreografiyadan dars bergan.

U inson kasal bo`lganda, albatta dori ichishi shart emas, deb hisoblaydi. 

“Agar qon bosimingiz ko`tarilsa, dori ichishga shoshilmang, yaxshisi toza havoda aylanib keling. Bunday paytlarda men asosan yoga bilan shug`ullanaman. ”, deydi u.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!