Frank Riberi “Bavariya” bilan shartnoma muddatini 2018 yilgacha uzaytirdi

18:28, 29 noyabr

Myunxenning “Bavariya” jamoasi rahbariyati klub yarim himoyachisi Frank Riberi bilan 2017 yilga mo`ljallangan shartnomasini uzaytirdi.

BBC Sport nashrining ma`lum qilishicha, tomonlar 2018 yilning yozigacha qadar davom etadigan yangi bitim imzoladi.

Ma`lumot uchun, fransiyalik futbolchi “Bavariya” tarkibida 2007 yildan buyon to`p surib kelmoqda. Shu kungacha u myunxenliklar safida 213 o`yinda maydonga tushib, 72 ta gol kiritgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!