“Press Club: Elections.uz-2016” press-klubining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi(Foto)

10:36, 30 noyabr

Bugun, 30 noyabr kuni poytaxtdagi  “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining Billur zalida O`zbekistonda birinchi bor tashkil etilgan “Press Club: Elections.uz-2016” press-klubining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. 

Tantanali ochilish marosimi avvalida ramziy qizil tasmani O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov va O`zEOAVMA boshqaruv raisi Firdavs Abduholiqov qirqishdi. Tadbirnin rasmiy ochilish marosimiga Sherzod Qudratxo`jaev va Boburxon Alimovlar moderatorlik qildi. 

Tantanali ochilish marosimida ko`plab xorijiy va mahalliy OAV vakillari, xalqaro kuzatuvchilar, nufuzli tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. 

Ochilish marosimida so`zga chiqqan Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov O`zbekiston tarixida saylovlarga bu qadar katta tayyorgarlik ko`rilgani kuzatilmaganini ta`kidlab o`tdi.  Jumladan shu bugunga qadar OAVda saylov haqida 17 mingdan ziyod lavhalar namoyish etilgani buning yaqqol dalilidir.  

Tantanali ochilish marosimi davom etmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!