Eronda 134 yoshli erkak borligi aniqlandi

10:56, 30 noyabr

Eronda aholini ro`yxatga olish vaqtida, Kurdiston provinsiyasida mamlakatning eng keksa odami — 134 yoshli Ahmad So`fi yashashi aniqlandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Ahmad So`fi Sakkez shahrida istiqomat qiladi. Uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatda tug`ilgan vaqti 1882 yilning fevral oyi ekanligi ko`rsatilgan. So`fining farzandlari bo`lmagan, to`rt nafar bolani asrab olib, tarbiya qilgan. Qarindoshlari uning juda saxiy, ochiqkko`ngil insonligini, hech qachon sog`ligidan shikoyat qilmaganligini ma`lum qilishdi.

Ungacha Eronning eng keksa kishisi deb, Kamyoron shahrida yashovchi 130 yoshli erkak hisoblangan.

Dunyoning eng keksa odami, deb Indoneziyada yashovchi 145 yoshli Sodimejo ismli erkak rasman tan olingan. Italiyada esa, kecha 29 noyabr kuni Emma Morano ismli ayol o`zining 117 chi tavallud ayyomini nishonladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!