Mirzo Ulug`bek Abdusalomov “PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016” press-klubining ahamiyati haqida gapirdi

13:22, 30 noyabr

Bugun, 30 noyabr kuni poytaxtdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016» press-klubining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy say  lov komissiyasi raisi Mirzo Ulug`bek Abdusalomov press- klubning saylov jarayonini yoritishdagi ahamiyati haqida shunday deydi:  
 
—  Bugun tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tgan O`zbekistonda birinchi bor tashkil etilgan «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016» («PRESS KLUB: SAYLOV.UZ-2016») matbuot-klubi aynan «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida tashkil etilgani bejiz emas. Bu yurtimizda joriy yil 4 dekabr kuni bo`lib o`tadigan muhim siyosiy jarayon O`zbekiston Repsublikasi Prezidentli saylovi jarayoniga tayyorgarlik va uni o`tkazishni kuzatish uchun tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy OAV jurnalistlari uchun qulaylik yaratdi. Ularning barchasi aynan ana shu mehmonxonada joylashtirilgan. Tashrif buyurgan ana shu mehmonlar uchun, ya`ni xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy OAV vakillari uchun bunday qulaylikni nodavlat media-sektorning mustaqil vakillari tomonidan yaratildi. O`ylaymanki, mazkur matbuot-klubi yurtimizdagi muhim siyosiy jarayon haqidagi ochiq va oshkora axborotlarni ham mahalliy, ham xorijiy OAVlarida tarqatishda o`z o`rniga ega.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!