“RenTV” telekanali muxbiri: “PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016” O`zbekistondagi siyosiy jarayonga chuqur yondoshish imkonini berdi

13:23, 30 noyabr

Bugun, 30 noyabr kuni poytaxtdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016» press-klubining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Mazkur ochilish marosimida ko`p sonli siyosatshunoslar, davlat va jamoat arboblari hamda xorijiy va mahalliy OAV vakillari ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik. Tadbirda ishtirok etayotgan Rossiyaning “Rentv” telekanali sharhlovchisi Aleksey Lazurenkoning O`zbekistondagi saylov oldi jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. 

Aleksey Lazurenko, Rossiyaning “Rentv” telekanali sharhlovchisi:

—  Bu mening O`zbekistonga ikkinchi tashrifim. Shu yilning yozida Toshkentda o`tkazilgan ShHT sammitida ham ishtirok etgandim. O`shanda tig`iz kun tartibi sababli yurtingizning diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishish imkoni bo`lmagan edi. Biz 20 dan ortiq rossiyalik jurnalistlar O`zbekistonga 27 noyabr, yakshanba kuni keldik. Shuning uchun ham biz O`zbekiston bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo`ldik. Biz prezidentlikka partiya vakillari bilan suhbatlashdik, ularning saylov oldi dasturlari bilan tanishdik, ular saylovchiga nima taklif etayotganini o`rgandik. 

Saylov jarayoni bizda katta taassurot uyg`otdi. Har bir partiyaning o`z elektorati bilan ishlayotgani juda muhim. Har bir partiya o`zaro bir-biriga hurmatni saqlagan holda o`z saylovchisi bilan nima haqda so`zlashishni yaxshi biladi. Afsuski, raqobatchi partiyalar o`rtasidagi bir-biriga hurmatni jahonning boshqa davlatlaridagi saylov kampaniyalarida kuzatmaymiz. Yurtingizdagi saylovoldi kampaniyasi va partiyalar o`rtasidagi o`zaro hurmat ham sharq xalqlariga xos bo`lgan an`nalarga monand tarzda yo`lga qo`yilgan. 

Bir necha kundan beri Toshkentdagi Xilton mehmonxonasida saylovni yoritish uchun ilk marta tashkil etilgan press-klubning ochilish marosimiga ko`rilgan tayyorgarlik ham o`ta qizg`in tarzda o`tdi. Natija esa kutilganidan ham a`loroq bo`ldi. Press-klub xorijiy va mahalliy OAV, hukumat vakillari, davlat va siyosat arboblarining bir maydonga jamladi. Bu esa, shubhasiz biz jurnalistlarga katta qulaylik yaratdi. Press-klub biz jurnalistlarga mamlakatdagi siyosiy jarayonga chuqurroq yondoshish imkonini beradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!