«Bolam juda ko`p suv ichadi»

13:45, 30 noyabr

O`g`ilcham 3 yoshdan oshdi, negadir juda ko`p suv ichadi. Kasal emasmikan, deb tashvishlanayapman. Kichkinam esa 1,5 yoshda, tug`ilganidan beri nimjon. Ko`pincha qorni og`rib, kuchanaveradi. Nima qilishim kerak?

Ziyoda Ashurova, Kattaqo`rg`on tumani

Savolga tibbiyot fanlari nomzodi, pediatr-shifokor Umida TO`XTAEVA javob beradi:

— 3 yoshli bolaning kuniga 1-1,5 litr suv ichishi me`yor hisoblanadi. Agar bundan ko`p suv ichayotgan bo`lsa, albatta endokrinolog-shifokorga ko`rsating. Chunki aksariyat hollarda yosh bola organizmining ko`p suyuqlik talab qilishi qonida qand miqdori ortishi bilan bog`liq bo`ladi.

Go`dagingizdagi qorin og`rig`i disbakterioz alomati bo`lishi mumkin. Agar bola ovqatlanayotganda ko`p havo yutsa, shuningdek, ona yoki go`dak antibiotik preparatlar qabul qilgan bo`lsa, oshqozon-ichak faoliyati buzilib, kichkintoyda disbakterioz kelib chiqadi. Ba`zan bu hol tug`ma bo`lishi ham mumkin. Siz har ikkala farzandingizni tibbiy tekshiruvdan o`tkazishingiz zarur.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!