“Mamlakatning siyosiy takomillashuvi: jarayonlar davom etadi”

14:11, 30 noyabr

Toshkent shahrida tashkil etilgan «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016» matbuot klubida uchrashuv va muloqortlar boshlandi. Ilk sessiya “Mamlakatning siyosiy takomillashuvi: jarayonlar davom etadi” deb nomlandi.

Tadbirda mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari, chet mamlakatlarning yurtimizda faoliyat ko`rsatayotgan elchixonalari vakillari, mahalliy va xorijiy jurnalistlar ishtirok etishdi. Tadbirda so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qo`mitasi raisi Sodiq Safoev va O`zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo`yicha Milliy markazi direktori Akmal Saidov Vatanimiz hayotidagi muhim jarayon - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, unga tayyorgarlik jarayonlari, uning xalqimiz hayotidagi ahamiyati xususida to`xtalib o`tishdi. 

Tadbirda ta`kidlanganidek, mamlakatimiz mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaaniy-ma`rifiy sohalarda juda katta yutuqlarni qo`ldga kiritdi. Qisqa vaqt ichida jahon hamjamiyatining tenghuquqli a`zosiga aylandi. Bugungi kunda mamlakatimizda turli millatlar va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari bir oila farzandlari singari  tinch va osoyishta hayot kechirishmoqda. 

4 dekabr kuni bo`lib o`tadigan Prezidant saylovi ham O`zbekistonning kelgusidagi taqdirini belgilashda, xalqaro miqyosdagi  obro`-e`tiborini yanada oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. 

Sodiq Safoev va Akmal Saidov muhokama qilingan masalalar yuzasidan jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!