4 dekabr kuni Toshkentda avtobus va metro bepul xizmat ko`rsatadi

14:19, 30 noyabr

Toshkent shahrida saylovlarning yuqori tashkiliy darajada o`tkazilishi, saylovchilar hamda tadbir tashkilotchilariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida 4-dekabr kuni Toshkent shahridagi barcha yo`nalishlar bo`yicha qatnovchi avtobuslar hamda metro qatnovi soat 05:00 dan boshlanishi va kun davomida yo`lovchilarga bepul xizmat ko`rsatiladi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati.

“Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari!

Joriy yilning 4-dekabr kuni mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida katta ahamiyat kasb etuvchi sanadir. Shu kuni davlatimiz Konstitusiyasiga ko`ra, ovoz berish huquqiga ega bo`lgan barcha fuqarolar O`zbekiston Respublikasi prezidenti saylovlarida ishtirok etadilar, o`zlari ma`qul deb bilgan nomzod uchun ovoz beradilar. Barchani o`z konstitusiyaviy huquqidan foydalanib, yurt kelajagi uchun ovoz berishga chaqiramiz!”,—deyiladi xabarda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!