"Lokomotiv" O`zbekiston chempionligidan keyin mamlakat Kubogiga ham ega chiqdi

14:58, 30 noyabr

O`zbekiston Kubogida final bahsida Toshkentning "Lokomotiv" klubi Qarshining "Nasaf" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvdagi yagona golga  2-daqiqada Temurxo`ja Abduholiqov mualliflik qildi. "Nasaf" darvozaboni Eldorbek Suyunov uzoqdan yo`llangan zarbani bartaraf etishda o`ta qo`pol xatoga yo`l qo`ydi va Temurxo`ja Abduholiqov himoyachilardan ko`ra chaqqonroq harakat qilib, hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. Shundan so`ng birinchi bo`lim davomida "Nasaf"ning vaziyatni tenglashtirish uchun urinishlari samara keltirmadi.

Ikkinchi bo`limda qarshiliklar tashabbusni o`z tomoniga og`dira olmadi. Aksincha, Temurxo`ja Abduholiqovda yana bir bor gol urish uchun qulay vaziyat yuzaga kelgan edi. Sardor Mirzaevning oshirmasidan so`ng Abduholiqov bo`sh qolgan darvoza tomon zarba yo`lladi, ammo Shuhrat Muhammadiev to`pni qaytarib qolishga muvaffaq bo`ldi.

Uchrashuvga qo`shib berilgan daqiqalarda "Nasaf" vaziyatni o`nglashtirishga urinib ko`rdi. Ammo hisob o`zgarmay qoldi va "Lokomotiv" O`zbekiston Kubogini qo`lga kiritdi.

O`zbekiston kubogi. Final

"Lokomotiv" — "Nasaf" — 1:0

"Lokomotiv": Ma`mur Ikromov, Kaxi Maxaradze, Temurxo`ja Abduxoliqov, Sardor Mirzaev, Salim Mustafoev, Timur Kapadze, Islom To`xtaxo`jaev, Sanjar Shoahmedov, Ikrom Aliboev, Sherzod Fayziev, Artur Gevorkyan.

"Nasaf": Eldorbek Suyunov, Aziz G`aniev, Shuhrat Muhammadiev, Bahrom Abduraximov, Igor Golban, Sherzod A`zamov, Fozil Musaev, Odiljon Hamrobekov, Farruh Sayfiev, Doniyor Narzullaev, Dragan Cheran.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!