Go`zallik haqida yolg`on va haqiqatlar

16:09, 30 noyabr

«Shokolad va pirojniylar eyish husnbuzar chiqishiga sabab bo`ladi».

Bu yolg`on! Husnbuzar paydo bo`lishining asl sababi ruhiy zarba va organizmdagi gormonal o`zgarishlar,  shuningdek, moddalar almashinuvi va ichki a`zolar faoliyatinining buzilishi bilan bog`liq.

«Ko`z uchun mo`ljallangan kremlar, choy paketchalari, bodring bo`lakchalari ko`z osti shishlarini kichraytiradi».

Yolg`on! Bu muolajalar bir necha soatga yordam bersa-da, ko`z ostidagi shishlarni batamom yo`qotmaydi.

«Oziqlantiruvchi kremlardan hamma foydalanishi shart!»

Yo`q! Bu vositalar faqat yuz terisi tortishgan yoki po`st tashlayotgan ayollarga kerak. Katta yoshli, teri hujayralari tabiiy namligini yo`qotgan ayollar uchun ham ayni muddao.

«Sovun yuz uchun zararli!»

Nozik va ta`sirchan teriga sovun salbiy ta`sir qiladi. Ammo yuzingizni sovun bilan yuvib, o`zingizni xotirjam his qilayotgan bo`lsangiz, uni qo`llashning zarari yo`q.

«To`g`ri ovqatlanish teri xususiyatlariga yaxshi ta`sir ko`rsatadi».

Darhaqiqat, sabzavot va mevalardan ko`p iste`mol qilish, sho`r, qovurilgan, achchiq va yog`li taomlarni cheklash teriga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Ayniqsa muammoli teri uchun bunday oziqlanish foydali.

«Muz va kontrast yuvinish teri tarangligini oshiradi».

Bu rost gap! Muz bo`laklari bilan ishqalab turilgan teri uzoq vaqt tarangligini saqlaydi.

«Lab bo`yog`i labni himoyalaydi».

Ha, lab bo`yog`i nafaqat labni ko`rkamlashtiradi, balki uni atrofdagi muhitning zararli omillaridan himoyalab, oziqlantiradi. Po`st tashlash, yorilishning oldini oladi.

«Sartaroshxonaga bir oyda eng kamida bir marta borish kerak».

Bu ham bor gap! Kalta, o`rtacha uzunlikdagi va hatto uzun sochlarni ham vaqti-vaqti bilan kesib, uchlarini yangilab turish darkor. Ularni hatto 1-2 mm.ga kaltalatganda ham sochlarning «nafas olishi» yaxshilanadi, o`sish tezligi oshadi. Bu esa sochlarga sog`lom ko`rinish beradi, gullashning ham oldini oladi.

«Sochlarni talabga muvofiq holda yuvish kerak».

Chang zarralari boshdagi yog`ga aralashib, bosh ustida yupqa qatlam hosil qiladi. Ushbu qatlam boshning to`g`ri «nafas olishi» va bosh terisidagi moddalar almashinuvi faoliyatini buzadi. Oqibatda soch xira tortib, sinuvchan bo`lib qoladi. Shuning uchun sochlarni kirlangan zahoti yuvishga odatlaning. Buni hatto har kuni qilishga to`g`ri kelsa ham!

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!