Ideal oila: bir-biringizni tushunasizmi?

16:24, 30 noyabr

Eshitdingizmi, erkak va ayol boshqa-boshqa sayyoralardan tushgan emish. Bu qanchalik to`g`ri bilmadim-u, ammo ba`zi hollarda er va ayol bir-birini tushuna olmasligi ayni haqiqat. Oiladagi muammolarga ba`zan boshqa nazar bilan qiyo boqsangiz, o`z xatoingizu juftingizning kamchiligini ko`ra boshlaysiz. Quyidagi test turmush o`rtog`ingiz bilan munosabatlaringizni aks ettiruvchi ko`zgu bo`ladi. Javoblarni yozib boring: A — 3 ball, B — 2 ball, V — 1 ball.

 Biror-bir hodisaga nisbatan eringizning munosabatini avvaldan taxmin qila olasizmi?

A) Ha, doim taxminim to`g`ri chiqadi.

B) Ba`zan taxmin qilaman, ammo ba`zida bu munosabat men uchun kutilmagan bo`lishi ham mumkin.

V) Taxminim noto`g`ri chiqadi.
 

2. Sizningcha xiyonat nima?

A) Kechirib yoki oqlab bo`lmaydigan harakat.

B) Ba`zida tasodifiy xiyonat yuz berishi mumkin. Asosiysi, bu oilaga ziyon keltirmasligi.

V) Jismoniy xiyonat hech narsani bildirmaydi, asosiysi, turmush o`rtog`ingiz sizni sevishi.

 

3. Eringizning kamchiliklarini osonlikcha qabul qilasizmi?

A) Yo`q. Es-hushi joyida bo`lgan kishi bekorchi va`dalarni bermasligi bo`lishi kerak.

B) Har doim har xil — ba`zida sochilib yotgan paypoqlarni yig`ishtiraverish jonga tegadi, ammo meni ham tanqid qilishlarini yoqtirmayman.

V) Erim har qanday kamchiliklardan xoli.

 

4. Hayotiy qiyinchiliklar, turli hodisalar, odamlarning g`alati harakatlari bilan yuzma-yuz kelganingizda unga qarshi bildirgan fikringiz turmush o`rtog`ingizniki bilan bir xilmi?

A) Ha, hamma holatda bir xil fikr bildiramiz.

B) Bu holatga bog`liq, ba`zan charchagunimizga qadar tortishishimiz mumkin.

V) Turmush o`rtog`im meni yaxshi ko`radi, shuning uchun fikrimni ma`qullaydi.

 

5. Qay bir fikr siznikiga yaqin?

A) Oiladagi asosiy narsa — tashqi ko`rinish. Erimdan 20 daqiqa avval uyg`onib, pardoz-andoz qilib, chiroyli kiyimlar kiyib olishni afzal ko`raman.

B) Kayfiyatimga bog`liq. Ba`zan qulay bo`lgan xalatni kiyib olsam, ba`zida esa uyda romantik kayfiyat yaratishni yoqtiraman (ayniqsa, bolalar uyda bo`lmasa).

V) Qanday ko`rinishda bo`lishim muhim emas, turmush o`rtog`im meni qanday bo`lsam shundayligimcha sevishi lozim.

 

6. Turmush o`rtog`ingiz bilan umumiy qiziqishlaringiz bormi?

A) Ha, bir xil taomlarni yoqtiramiz, bir xil kitob o`qiymiz, xullas, bir-birimizni to`ldirib turamiz.

B) Ba`zan bo`lishi mumkin, ammo asosan men kitob o`qishni yoqtirsam, erim kompyuter o`yinlari bilan vaqt o`tkazishni yaxshi ko`radi.

V) Umumiy qiziqishlarimiz umuman yo`q.

 

7. Turmush o`rtog`ingizning sizga bo`lgan hislarini bilasizmi?

A) Ha;

B) Ba`zan bunga shubha qilaman.

V) Bu menga qiziq emas.

 

8. Jinsiy hayotingizdan qoniqasizmi?

A) Oilada bu muhim ahamiyat kasb etmaydi.

B) Turli holat bo`lishi mumkin, ha, qoniqarli.

V) Jinsiy hayot ko`ngildagidek bo`lishi oila mustahkamligiga xizmat qiladi.

 

9. Sizning ko`ngilsizliklaringizga eringiz qanday munosabat bildiradi?

A) Doim his qilib turadi va qo`llab-quvvatlaydi.

B) Ba`zan bu ko`ngilsizliklarni hal qilishni o`zimga qo`yib beradi-yu, ammo maslahatlarini ayamaydi. Ba`zan esa o`zi hal qilishga tushib ketadi.

V) Muammolarimni o`zim hal qilaman. Erim esa doim muammo tug`dirishimni yuzimga soladi.

 

10. Sayr qilganda eringiz bilan qo`l ushlashib yurasizmi yoki sababsiz ham quchoqlashingiz mumkinmi?

A) Bu bema`ni va ahamiyatsiz.

B) Bunday munosabatlar biz uchun odatiy, faqat odamlar orasida emas.

V) Odamlar ko`z o`ngida bo`lsa-da, turmush o`rtog`im meni erkalatishini yoqtiraman.

 

11. Uy ishlarida eringiz sizga yordam beradimi?

A) Ha, uyda har birimizning bo`ynimizga yuklatilgan ishlarimiz bor.

B) Ishlarni kimning vaqti bo`lsa qilib ketaveradi.

V) Bu bo`lishi mumkin emas!

 

12. Eringizning qarindoshlari va do`stlari sizga yoqadimi?

A) Bunga falsafiy qarashga harakat qilaman. Hamma odam menga yoqishi mumkin emas.

B) Ular bilan munosabatlarimiz yaxshi, ammo yoqmaydiganlari ham bor va buni chiroyli ravishda erimga bildiraman.

V) Oilamga aralashishlarini istamayman, shuning uchun ulardan uzoq turishni afzal bilaman.

 

13. Oilangiz uchun ko`p narsadan voz kechganmisiz?

A)  Ha, bu shart. Mendan nimadandir voz kechish talab qilinsa, buni qilaman.

B) Nimadandir voz kechish talab qilinmasa yaxshi bo`lardi-yu, lekin shunday bo`lsa, demak, erim ham nimadandir voz kechishi kerak.

V) Qanday qurbonlik? Ularsiz yashashni o`rganish kerak.

 

14. Turmush qurishdan avval eringiz bilan uzoq vaqt uchrashganmisiz?

A) Bir yildan ko`proq, oila bu katta mas`uliyat, qadam qo`yishdan avval o`ylash kerak.

B) Bir yilcha. Bu bir-birimizga bo`lgan hislarimizni sinash uchun etarli fursat.

V) Bir yildan kam. Sevgi kutmaydi.

 

15. Turmush o`rtog`ingizni tinglashni yoqtirasizmi?

A) Ha, u oila boshlig`i va uni doim tinglash lozim.

B) Ha, menga uning ishlari doim qiziqarli.

V) Ha, uning gapirishi menga yoqadi.


Hisoblab ko`ring va natija bilan tanishing:

15-25 ball: Oilaviy hayot sizga hech qanday og`irlik tug`dirmaydi. Hatto farzandlarning tug`ilishi ham oilangizga o`zgarish kiritmagan, chunki bobo va buvilar bor. Ammo oilangizga biroz e`tiborliroq bo`ling, mas`uliyatli yondoshing. Romantik kayfiyat doim ham bardavom bo`lavermaydi. Siz sekin-asta turmush o`rtog`ingizning kamchiliklarini ko`ra boshlaysiz. Ammo zinhor turmush o`rtog`ingizni tanqid qilmang, sokin gaplashib, ikkingizga ham ma`qul keladigan qarorga keling. Qaror qabul qilganda qarshi tarafning fikrlarini ham inobatga oling.

26-35 ball: Oilangizda «oltin me`yor»ga amal qilinadi. Ba`zan siz nimadandir voz kechasiz, ba`zida esa turmush o`rtog`ingiz. Natijada sulhga kelasiz. Kichik hodisalardan ham o`zingizni baxtli his qilasiz, qiyinchiliklarga ko`z yumasiz. Faqat ba`zan zerikish tuyg`usini his qilasiz. Ba`zan mantiqni «unutib», kutilmagan ishlar ham qilib turing. Albatta, bu kutilmagan janjal emas, kichik bir ayollarga xos xarxasha bo`lsin. Eringiz sizda bir paytlar sevib qolgan injiq qizni ko`rsin, bolalaringiz esa mehribon onalari ham charchashi mumkinligini tushunishsin. O`zingizning zaifaligingizni ko`rsatishga qo`rqmang. Mukammal insonlar zerikarli bo`lishadi.

36-45 ball: Siz zakovat sohibasisiz! Inson baxt uchun emas, vijdon uchun yashashi kerak, degan shior ostida yashaysiz. Siz uchun oila — doimiy qurbonliklar talab qiluvchi og`ir mehnat sahnasi. Ammo doim ham sizning tasavvuringizdagi qadriyatlar to`g`ri bo`lib chiqavermaydi. Biroz romantik bo`ling, o`zingizni bo`shroq tuting. Dazmollanmagan kiyim, sochilgan o`yinchoqlar, bu baxtsizlik emas. O`zingiz uchun ham vaqt ajrating, qiziqqan mashg`ulotingiz bilan shug`ullaning. Manikyur qiling, soch turmagingizni o`zgartiring. Ishlarning bir qismini farzandlaringizga yuklang. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!