Kipriklarni ko`paytirish va o`stirish uchun 3 tavsiya

16:47, 30 noyabr

Kipriklarning uzun va  qalinligi genga bog`liq. Biroq, tushkunlikka tushmang, dekorativ pardoz vositalari hamda oddiy xalq tabobati yordamida har qanday go`zallikka erishish mumkin.

  1. Kanakunjut moyiga ikki tomchi A vitamini tomizing va kuniga bir necha marta kipriklaringizga surting. Bu aralashma kipriklarni yaltiratadi va yaxshi o`stiradi.
  2. Shaftoli va bodom moyi kipriklarning o`sish jarayonini tezlashitiradi va to`kilishining oldini oladi.
  3. Kanakunjut va chakamug (repeyny), vatamin E eritmasi moyi hamda aloe sharbatini teng miqdorda qo`shib, aralashtiring. Hosil bo`lgan balzamni toza tush idishiga quying. Bu malhamni kipriklaringizga oy davomida har kuni surtsangiz ular qalin va mustahkam o`sadi. Balzamdan kiprik kasalligining oldini olishda ham foydalanish mumkin.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!