Saylov kuni O`zbekistonga kirish chiqish taqiqlanadimi?

18:04, 30 noyabr

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizning International Hotel Tashkent mehmonxonasida O`zbekiston Respublikasi Prezident saylovi jarayonini yoritish bo`yicha “Press-klub Elections.uz-2016” o`z faoliyatini boshladi.

Press-klubning birinchi ish kuni doirasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati raisi o`rinbosari Svetlana Ortiqova, O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Muzraf Ikromov, Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xo`jaeva, FJShMQMI eksperti Dilafruz So`fievalar ishtirokida jurnalistlar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Xususan, jurnalistlar tomonidan so`nggi vaqtlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O`zbekistonga 4 dekabr O`zbekiston Prezidenti saylovi kuni kirish va chiqishda cheklovlar o`rnatilishi xususidagi mish-mishlar yuzasidan ekspertlarga savol bilan murojaat qilindi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Muzraf Ikromov quyidagicha javob berdi:

“Ortiqcha shov-shuvlar uchun hech qanday asos yo`q. 4 dekabr kuni mamlakatimiz hududida jamoat transportining barcha turlari odatdagi tartibda ishlaydi. O`zbekistonga kirish va chiqishda ham hech qanday cheklovlar ko`zda tutilmagan.”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!