Saudiya Arabistoni shahzodasi ayollarga mamlakat hududida avtomobil boshqarishga huquq berishni talab qilmoqda

18:53, 30 noyabr

Saudiyalik milliarder, amaldagi qirolning jiyani, shahzoda Al-Volid ibn Talal Al Saud mamlakatda ayollarga nisbatan qo`yilgan avtomobil boshqarishga taqiqni olib tashlash taklifini ilgari surdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Shahzoda bu haqda o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qilgan.  

 “Bahslashishni to`xtating. Ayollar avtomobil boshqarishi kerak bo`lgan vaqt keldi”,—deb yozdi shahzoda o`z mikroblogida.

Qayd etish joizki, shahzoda hozirda mamlakatda hech qanday mansabda faoliyat yuritmaydi, biroq u butun dunyoga omadli tadbirkor sifatida mashhur.

“Ayollarning avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etilishi ularning bilim olishi yoki boshqa shaxsiy hujjatlardan mosuvo bo`lishi bilan tengdir. Ayollarning avtomobil boshqarishi joriy iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqqan holda jamoatchilik talabiga aylandi", — deydi shahzoda.  

Saudiya Arabistonida shariat asosidagi amaldagi qonunchilik bo`yicha ayollarga avtomobil boshqarish taqiqlangan.

 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!