Angliya Liga Kubogi. "Manchester Yunayted" yirik hisobda "Vest Xem"ni taslim qildi

08:17, 01 dekabr

Angliya Liga Kubogi chorak finalida "Manchester Yunayted" jamoasi o`z maydonida "Vest Xem" futbolchilarini qabul qildi.

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda "qizil iblislar" 4:1 hisobida zafar quchdi. "MYu" safida Zlatan Ibragimovich va Antoni Marsyal dubl qayd etishgan bo`lsa, "Vest Xem" safida Fletcher bitta javob to`pini kiritdi.

Mazkur g`alabadan keyin "MYu" musobaqaning yarim finaliga chiqdi.   

"Manchester Yunayted" – "Vest Xem" 4:1 (1:1, 3:0)

Gollar: 1:0 – 2 Ibragimovich, 1:1 – 35 Fletcher, 2:1 – 48 Marsyal, 3:1 – 62 Marsyal, 4:1 – 90 Ibragimovich.

"Manchester Yunayted" – De Xea, Roxo, Jons, Shou (Blind, 46), Valensiya, Mxitaryan (Reshford, 90), Kerrik, Errera, Marsyal (Shvaynshtayger, 86), Runi, Ibragimovich.

"Vest Xem" – Adrian, Ogbonna, Rid, Kressuell (Masuaku, 45), Antonio (Lansini, 58), Kuyate, Obiang, Payet (Dzadza, 76), Feguli, Fernandesh, Fletcher.

Ogohlantirishlar: Obiang (15), Valensiya (39), Runi (53).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!